Ichki ishlar vazirining o`rinbosarlari tayinlandi
Информация | 2014-01-02, 4:26 PM


Prezidenti Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari va o'rinbosarini tayinlash to'g'risidagi qarorlarga qo'l qo'ydi.

24-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qarori bilan Raxmat Mamatov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari — Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Mamatov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda ma'lumot IIV saytida 31-dekabrda paydo bo'ldi.

Davlat rahbarining yana boshqa qarori bilan, Baxodir Kurbanov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 13-dekabrdagi qarori bilan, Bahodir Matlubov ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etilib, uning o'rniga Adham Ahmedboyev Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan edi.

Vazir lavozimiga tayinlanguniga qadar Adham Ahmedboyev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarma rahbari bo‘lgan.

Добавил: Freestyle | Контактное лицо: adads E
Просмотров: 1988 | Размещено до: 2014-02-02 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]