0:12 AM
1-sentabrdan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari oshadi

O‘zbekiston Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 17-avgust kuni respublika oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosidagi ta’limning yangi yillik narxini tasdiqladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 1-sentabrdan kuchga kiradigan yangi narxlar avvalgidan taxminan 15 foizga balandroq.

2016-yil 1-sentabrdan quyidagicha kontrakt narxlari belgilandi:

Gumanitar soha

  • pedagogika, shu jumladan, kasbiy ta’lim — 6 650 000 so‘m;
  • san’at — 7 900 000 so‘m (maxsus sirtqi — 3 110 000 so‘m);
  • gumanitar fanlar  — 6 650 000 so‘m;

shu jumladan:

  • sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz terjima nazariyasi va amaliyoti — 7 250 000 so‘m;
  • jahon siyosati — 9 850 000 so‘m;
  • matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar — 6 650 000 so‘m.

Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq:

  • sotsiologiya va psixologiya — 6 650 000 so‘m;
  • jurnalistika va axborot — 7 250 000 so‘m;
  • iqtisod — 8 800 000 so‘m;
  • shu jumladan: jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar — 9 850 000 so‘m;
  • huquq — 9 850 000 so‘m.

Ishlab chiqarish va texnik soha

  • muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari — 6 650 000 so‘m (maxsus sirtqi — 2 220 000 so‘m);
  • kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari — 7 250 000 so‘m (maxsus sirtqi — 2 650 000 so‘m);
  • shu jumladan: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment — 8 800 000 so‘m;
  • arxitektura va qurilish — 7 250 000 so‘m;
  • shu jumladan: arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish — 7 900 000 so‘m.

Qishloq va suv xo‘jaligi

  • qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya — 6 650 000 so‘m.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

  • sog‘liqni saqlash — 8 800 000 so‘m;
  • ijtimoiy ta’minot — 6 650 000 so‘m.

Xizmatlar sohasi

  • xizmat ko‘rsatish sohasi — 7 250 000 so‘m;
  • shu jumladan: sport faoliyati — 6 650 000 so‘m;
  • transport — 7 250 000 so‘m;
  • atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi — 6 650 000 so‘m.

 

Просмотров: 4394 | Добавил: Freestyle | Теги: xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 2
аватар 2017-06-09 в 0:59 AM Спам Pellcevy написал: Сheмiсal pееlіng is a сosмеtiс procedurе aімеd at rеjuvеnаting аnd elimіnatіng skin defесts, for whісh сhемiсаl substаncеs аre usеd thаt саuse а сontrolled сheмісаl
http://chemicalpeel.in/chemical-peel - http://chemicalpeel.in/chemical-peel

аватар 2017-02-24 в 1:16 AM Спам Rogerdal написал: Тем кто соображает, о смысле поста! Абузоустойчивый VPS - поддержка русского языка, реактивная служба поддержки, дешево, онлайн помощь. Держу у них мувики два года, вообще все отлично, все абузы отправляют в корзину. Нужна надежная крыша для сайта, смотри - https://goo.gl/q13Adc или в профиле.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]