Vatanim
Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon, O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri -
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da'vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i ... Davomini o`qish »

Qo`shildi:
  Kategoriya: $Kategoriya nomlari$ | Ko`rilganlar soni: 2148 | Qo`shdi: $Mehmon$ | Sana: $Sana$ | Muhokamalar (0) Xurmat bilan Doston Rizayev 

Яндекс.Метрика