Главная » 2014 » Aprel » 5 » Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavallud topgan kun
8:13 PM
Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavallud topgan kun

 

Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun 09 aprel har yili yurtimizda ulkan shodiyona sifatida nishonlanmoqda. Sohibqironning ruhi shu muborak kunlarda yurtimiz bo‘ylab kezib, o‘z farzandlariga, sizu bizga, kelajak avlodlarga hanuz vasiyat qilayotgandek: «O‘g‘illarim, millatning ulug‘ martabasini, sifatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir».

Biz — Sohibqiron vorislari uning vasiyatlariga sodiq qoldik. Biroq, bunga erishish oson kechmadi. Bu haqiqatning qaror topishi uchun 600 yil kerak bo‘ldi. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov topib aytganidek, «Temurdek zotning obro‘-e’tiborini qaytadan o‘rniga qo‘ya bilish uchun Temurdek shijoatli odam kerak edi».

 

Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimizning bevosita tashabbusi, matonati, beqiyos shijoati tufayli Amir Temur siymosi qayta tiklandi, Toshkent, Samarqand va Sohibqiron tug‘ilgan yurt — Shahrisabz shaharlarida ulug‘ bobomizning haykallari qad rostladi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi, Amir Temur ordeni ta’sis etildi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Sohibqiron tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlab Toshkent va Parijda xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Amir Temur zamonida va keyinchalik temuriylar davrida bunyod etilgan tarixiy obidalar qaytadan ta’mirlandi. Ulug‘ bobomiz shaxsi, uning boy ibratomuz merosi maktablarda, kollej va litseylarda, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi, u haqda kinofilmlar yaratildi, kitoblar nashr etildi.

Muxtasar qilib aytganda, Sohibqiron Amir Temur siymosi, u qoldirgan boy ma’naviy meros millatimiz timsoliga, xalqimizning qalb mulkiga aylanmoqda. Zero, Yurtboshimiz aytganlaridek, «Amir Temurni anglash — o‘zligimizni anglash, demakdir».

 

 

Просмотров: 3911 | Добавил: Vatanparvar | Теги: xabarlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email:
Код *:
«  Aprel 2014  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Educational
 portal  Shaxsiy 
 blog Яндекс.Метрика