11:15 PM
Davlatimiz ramzlari
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASING DAVLAT BAYROG`I


O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq - davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. 

Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:

ko`k rang - doim moviy osmonni, oq rang - xalqimizning oq ko`ngilini va uning oq paxtasini, yashil rang - cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni, 12 yulduz - O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi, yarim oy - yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l - mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi.




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASING DAVLAT GERBI


O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. 

Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan, uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga "O`zbekiston” deb yozib qo`yilgan.




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASING DAVLAT MADHIYASI

O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.

Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.

Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najot, 
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! 
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
Shuhrating porlasin toki bor jahon!


Naqarot:
Oltin bu vodiylar—jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, 
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! 
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar—jon O'zbekiston, 
Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Просмотров: 2310 | Добавил: Freestyle | Теги: Iftixor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]