Singapur o‘rta maktablari dunyoda eng yaxshisi deb topildi
Информация | 2015-05-13, 6:37 PM

Singapur o‘rta maktablari dunyoda eng yaxshisi deb topildi. 

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Singapur maktab tizimi dunyoda eng yaxshisi ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

O‘tkazilgan testlar bo‘yicha eng yaxshi natijalar osiyolik o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Gonkong ko‘rsatilgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan o‘rin olgan.

Yevropa davlatlaridan eng yaxshi natijani ko‘rsatgan Finlandiya umumiy reytingda 6-o‘rinni egallagan. Shvetsiya ta’lim tizimida esa keskin kamayish kuzatilgan. So‘nggi pog‘onani Gana band etgan. Tadqiqot jami 76 ta mamlakatda o‘tkazilgan.

Добавил: Freestyle | Контактное лицо: abc E
Просмотров: 2079 | Размещено до: 2015-06-13 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]