"Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug'ati”ning o`zbek tilidagi ikkinchi nashri davlat xizmatchilari, o'qituvchilar, turli ta'lim muassasalarining talabalari, shuningdek aholi o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek shu sohadagi bilimlarni oshirishga yonaltirilgan. Lug'atda 4000dan ortiq zamonaviy atamalar va tushunchalar, shuningdek ko'p qo'llaniladigan qisqartmalar qamrab olingan. Ikkinchi nashr (birinchi nashr 2004 yilda chiqarilgan edi) 450dan ortiq diagrammalar, rasmlar, fotosuratlar va logotiplarni o'zida jamlagan, undagi atamalar grafik jihatdan ancha ko'proq to'ldirilganligi ham lug'atning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Lug'at AKT sohasidagi mutaxassislar, shuningdek aholi uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalari bo'yicha bir vaqtning o'zida ham ma'lumotnoma, ham darslik bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Manba: UNDP.uz
Yuklab olmoq