0:03 AM Sohibqiron Amir Temur tavaludining 677 yilligi yurtimizda, xususan maktabimizda ham munosib nishonlandi | |
Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) "Temurning
To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo va Sharqiy
Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi". A. Yu.
Yakubovskiy, rus olimi "Baxtiyor
jangchi, jahongir, uzoq Sharqtsa qonunshunos bo‘lish bilan birga o‘zida,
Osiyoda kam uchraydigan taktik va strategik bilimlarni ifodaladi". F.Shlosser,
nemis olimi "Temur
o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish
va qonunchilik sohasida buyuk talantga ega edi". M.Veber,
nemis olimi :
"Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda
sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch biddirardi. U tarixchilar, faylasuflar,
shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarda iste’dodli bo‘lgan barcha
kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga
kelardi. Chunki Temur bu sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e’tiborini
berardi". Lyangle,
fransuz olimi Amir Temur
ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja
Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos
ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm
ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan. Amir
Temurning yoshligi haqida ma'lumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga
qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot,
falakiyot, me'morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan. Amir Temur bilan
suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun
jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy
bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta'kidlaydi. Amir Temur
siyosat maydoniga kirib kelgan paytda, Movarounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida
bo‘lib, Chingizxon va Botuxon bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga
aylangan, suv inshootlari buzib tashlangan yoki ishga yaroqsiz holga
keltirilgan, Chingizxon Movarounnahrni o‘zining ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonga
suyurg‘ol sifatida in'om qilgan edi. Amir
Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi. Birinchi
davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona
markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri
(1386-1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa
mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi. 1360
yillardan boshlab Amir Temur Movarounnahrdagi ichki nizo, urushlarda ishtirok
eta boshladi va Mo‘g‘uliston hukmdori Tug‘luq Temurxon, uning o‘g‘li Ilyosxo‘jaga
qarshi kurashlardan so‘ng, Amir Husayn ustidan g‘alaba qozongach, 1370 yilda
Movarounnahr taxtining haqiqiy sohibi bo‘ldi va Samarqandni hokimiyat poytaxti
etib belgiladi. Amir Temur
taxtga o‘tirgach, Chig‘atoy ulusining barcha yerlariga o‘zini voris deb bildi
va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni, Temur
faoliyatida muayyan siyosiy yo‘l - mayda feodal hukmron-ligini tugatish, muhim
xalkaro karvon yo‘llarida ustunlik qilib turgan Oltin O'rda, Eron va boshqa
mamlakatlarning raqobatini yengib, Movarounnahrning siyosiy-iqtisodiy quvvatini
ta'minlay oladigan markazlashgan davlat tashkil etish edi. Amir Temur
avvalambor mamlakatda davlat tizimini mustahkamlash, boshqarishdagi
tartib-intizom, qonunchilikni kuchaytirish, savdo-sotiq, hunarmandchilikni
kengaytirishga imkoniyat yaratish, soliqlarni tartibga solish, mamlakat
himoyasini ta'minlash yo‘lida qo‘shinning qudratini oshirish kabilarga katta
e'tibor berdi. Amir
Temurning har bir harbiy yurishiga turtki bo‘larlik sabab bor edi. Bu sabablar
- o‘z davlatining chegaralarini mustahkamlash, tashqi dushmanlardan
himoyalanish, karvon yo‘llarini turli yo‘lto‘sarlardan tozalash, xiyonatchi,
sotqin, addamchilarni jazolash, bo‘ysunmaganlarni itoat ettirish, o‘zining
siyosiy ta'sirini kengaytirish kabilardan iborat bo‘lganligini tarixiy
manbalardan bilib olish mumkin. Masalan, Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi
yurishini olsak, Temur To‘xtamishxonga ko‘p iltifotlar, yordamlar ko‘rsatib,
1379 yilda O'rusxonni yengib, Oq O'rda taxtiga To‘xtamishxonni o‘tqazgan edi. Ammo
To‘xtamishxon Amir Temurning umidlarini puchga chiqardi. U
Movarounahrga bir necha bor talonchilik niyatida bostirib kirganidan so‘ng,
Temurda ham unga qarshi kurashish majburiyati vujudga keldi va 1395 yil 15
aprelda Qunduzchada Amir Temur bilan To‘xtamishxon o‘rtasida hal qiluvchi
hayot-mamot jangi boshlandi. Jang faqat To‘xtamishxonning taqdirini hal qilib
qo‘yaqolmay, balki butun Oltin O'rda taqdirini ham hal qildi. Tarix Temur
zimmasiga Oltin O'rdadek qudratli mo‘g‘ul imperiyasining asosini yemirishdek
ulkan vazifani qo‘ygan ekan, Sohibqiron bu vazifani ham buyuk jasorat bilan ado
etib, Rus knyazliklari va Sharqiy Ovro‘po xalqlarini mo‘g‘ullar asoratidan
xalos bo‘lishlariga yo‘l ochib berdi. Yirik rus olimi A. Yu. Yakubovskiy:
"Temurning To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat Markaziy Osiyo
va Sharqiy Ovro‘po, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi",
- deb yozdi. Temur
davlatni boshqarishga katta e'tibor berib, yangi davlat tizimi bo‘yicha Devoni
buzrugdan tashqari, har bir viloyatda Temur
tarixchilar tasviricha, o‘rta asrning atoqli davlat va harbiy arboblaridan
bo‘lib, Ovro‘po olimlari o‘z asarlarida uning salbiy tomonlari bilan birga
muhim fazilatlarini ham ta'kidlab o‘tganlar. Nemis olimi F.Shlosser o‘zining
"Jahon tarixi" (Sh-tom) asarida: "Baxtiyor jangchi, jahongir,
uzoq Sharqtsa qonunshunos bo‘lish bilan birga o‘zida, Osiyoda kam uchraydigan
taktik va strategik bilimlarni ifodaladi", - deb yozsa, atoqli nemis olimi
va tarixshunosi M.Veber: "Temur o‘z dushmanlariga nisbatan juda berahm
edi, lekin sarkardalik, davlatni boshqarish va qonunchilik sohasida buyuk
talantga ega edi", - deb ta'riflaydi. Shuningdek, "Tuzuki Timur"
- "Temur tuzuklari"da ham Temurning jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy
hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy
qoidalari haqida gap boradi. "Temur
tuzuklari"da davlat tizimi, davlatdagi turli lavozimlarning vazifasi,
undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo‘lgan
qoidalar, qo‘shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta'minlash,
rag‘batlantirish, qo‘shin turlarining tutgan o‘rni va o‘zaro munosabati kabi
masalalar bayon etiladi. Davlat ishlarini har doim islom va shariat hukmlari
asosida olib borilganligi bir necha bor ta'kidlanadi. "Saltanatim
martabasini, - deb ta'kidlaydi Amir Temur, - qonun-qoidalar asosida shunday
saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir
kimsaning qurbi yetmasdi". Bundan tashqari, asarda jamiyat ishlaridagi
odamlarning 12 toifaga bo‘linishi, saltanatni boshqarishda 12 qoidaga amal
qilinganligi, saltanat 4 qat'iy qoidaga asoslanishi kabi masalalar ham tartib
bilan bayon etilgan ("Temur tuzuklari"ga karalsin. - M.X.). Shaharlar
va shahar atrofi aholisidan na jon solig‘i va na boj olinardi. Birorta ham
askarning doimiy turish uchun shaxsiy kishilar uyini egallashga yoki
fuqarolarning molini va boyligini o‘zlashtirib olishga haqqi yo‘q edi. "Barcha
ishlarda, - degan edi Amir Temur, - bu ishlar qaysi o‘lka xalqiga taalluqli
bo‘lmasin, hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni
tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag‘allar ulardan nafaqa
olib turardilar". Bundan tashqari, Temurning soliqlar haqidagi qoidasi
juda muhim ahamiyatga egadir. Temur yozadi: "Soliqlar yig‘ishda xalqni
og‘ir ahvolga solishdan yoki o‘lkani kashshoqlikka tushirib qo‘yishdan ehtiyot
bo‘lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining
kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning
tarqoqlanishiga, bu esa, o‘z navbatida hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab
bo‘ladi..." Amir Temur
harbiy salohiyatda jahonga mashhur sarkarda va o‘z zamonasining eng qudratli
hukmdori bo‘lishi bilan birga, uning harbiy nazariyasi va amaliy harbiy
san'ati, taktika va strategiyasi, armiya tarkibining tuzilishi o‘z davrining
nodir mo‘‘jizasi edi. Uning harbiy mahorati turli yo‘nalishlarda - askariy
qismlarni qayta tashkil etishda, dushmanga hujum qilishda turli-tuman
usullardan foydalanishda, hujumdan oldin dushman joylashgan yerlarni o‘bdon
o‘rganib chiqishda, ham lashkarboshi - qo‘mondonliqda namoyon bo‘ldi. Adabiyotlarda
Temur haqida bir-biriga zid fikrlar mavjud bo‘lib keldi, lekin ularning
ko‘plarida Temur faoliyatiga o‘z davri nuqtai nazaridan emas, balki mualliflar
yashagan davr nuqtai nazari asosida baho berilgan. "Temur
tuzuklari"ni inglizchadan frantsuz tiliga tarjima qilib, 1787 yilda nashr
etgan frantsuz olimi Lyangle Temur haqida shunday yozadi: "Temur xon
(Temur) siyosiy va harbiy taktika haqida risola yozgan va o‘z avlodlariga juda
dono tizim qoddirgan. Biz buni tasavvur ham qilmagan edik va uning urushlarini
bosqinchilik va talon-taroj qilish deb baholab kelgan edik. Deyarli yengib
bo‘lmaydigan ikki to‘siq - bizdagi taassub hamda tarixiy nohaqlik Temurni
bilishimizga va to‘g‘ri baholashimizga xalaqit berib keldi". Shuni
alohida ta'kidlash lozimki, Amir Temur davlat, jamiyat hayotida bo‘lib
o‘tadigan har bir muhim reja oldidan kengash o‘tkazar va bu kengashga nafaqat
davlat arboblari, sarkardalar, temurzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar,
ilm-fan arboblarini ham taklif etgan va o‘zining har bir yurish oldidan bunday
kengashlar-ni o‘tkazib turishni odat tusiga kiritgan. Amir
Temurning obodonchilik ishlari to‘g‘risida taniqli sharqshunos olim, akademik
V.V.Bartold: "Temur go‘yo Samarqanddan boshqa hamma yerda vayrongarchilik
bilan shug‘ullangan, degan fikr mubolag‘ali: u Kobul vodiysi va Mug‘an cho‘li
kabi Samarqanddan uzoq bo‘lgan joylarda ulkan sug‘orish ishlari olib
bordi", - degan tarixiy jihatdan g‘oyat qimmatli fikrni aytib o‘tgan. Bu
fikrga muqoyasa qilib, Ali Yazdiyning yozishmasini keltirish maqsadga
muvofiqdir. "Bir yil mobaynida, - deb yozadi o‘rta asr tarixchisi Ali
Yazdiy, - Bag‘dod shahrini tiklash haqida buyruq berildi, toki shahar yana o‘z
qiyofasini olsin, unda hunarmandchilik rivojlansin, tevarak-atrofida
dehqonchilik o‘ssin, savdo-sotiq va madaniy hayot keng tarmoq yoysin, islom
bilimi ilgarigiday yoyilsin. Bu vazifa amirzoda Abu Bakirga topshirildi". Tarixiy
manbalarning guvohlik berishicha, Movarounnahrda mo‘g‘ullarning qariyb 140
yillik hukmronlik davrida bironta ham ko‘zga ko‘rinarli qurilish yoki suv
inshootlari vujudga kelmagan. Amir Temurning tashabbusi bilan 1365 yilda
Qarshi, 1370 yilda Samarqand, 1380 yilda esa Keshning atrofi qaytadan mudofaa
devorlari bilan o‘ralgan. Shuningdek, xalq farovonligiyu, mamlakat
obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, ariqlar qazishga,
yangi yerlarni o‘zlashtirishga alohida e'tibor berilgan. Mamlakatning iqtisodiy
ahvolini ko‘tarishda savdoning ahamiyati beqiyos ekanligini tushungan hukmdor
bozorlar, rastalar va timlar, turli-tuman ustaxonalar barpo etib, xalq
hunarmandchilik san'atini taraqqiy ettirgan. Amir Temur
ilm-fan, ma'naviyat ahliga e'tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat
madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek,
"Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo
va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom
muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu ikromini
unga izhor qilardi". Amir Temur
saroyida ko‘plab ilm-ma'rifat allomalari Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono
Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdullo Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono
Nu'moniddin Xorazmiy, Xoja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiylar Sohibqironning
marhamatidan bahramand bo‘lib, uning xizmatida bo‘ldilar. Amir Temur
ilm-fanning riyoziyot, handasa, me'morchilik, falakiyot, adabiyot, tarix,
musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e'tibor berib, sohibi hunarlar bilan
qilgan suhbatlari haqida frantsuz olimi Lyangle shunday yozadi: "Temur
olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan
kishilarga ishonch biddirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan,
idora va boshqa ishlarda iste'dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish
uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. Chunki Temur bu
sohalarga g‘amxo‘rlik qilishga asosiy e'tiborini berardi". Amir Temur
o‘zini mohir diplomat sifatida ham namoyon qilaolgan. Uning Vizantiya,
Venetsiya, Genuya, Ispaniya, Frantsiya, Angliya, boshqacha aytganda, o‘sha
vaqtda ko‘proq ma'lum va mashhur bo‘lgan Ovro‘po davlatlari bilan iqtisodiy
aloqalar o‘rnatish va uni mustahkamlash sohasidagi faoliyatini frantsuz va
ingliz qirollarining unga yozgan maktublari bilan dalillash mumkin. Manbalarda
sohibqiron Amir Temur - yorqin xislatlarga ega ekanligi, xotirasi o‘tkir,
shijoatli va qat'iyatli, birso‘zli, zo‘r ruhiy qudrat egasi, salobatli inson
sifatida ta'riflanadi. Amir
Temurning Osiyo, umuman jahon tarixidagi xizmatlari va tutgan o‘rni haqida
xulosa qilib, quyidagilarni ta'kidlab o‘tish joizdir: Amir Temur Markaziy
Osiyoni mo‘g‘ullar iskanjasidan ozod etishda barcha yurtparvar kuchlarni
uyushtirib, ularni mustaqillik uchun kurashga yo‘naltirgan yetakchi rahbar,
yerli xalqning bu sohadagi orzu-umidlarini ro‘yobga chiqishiga ulkan hissa
qo‘shgan sarkardadir; Amir Temur ko‘p yillar davomida mustamlaka bo‘lib, chet
ellik hukmdorlarga bo‘ysunib kelgan Movarounnahr va Xurosonda o‘z yurti,
xalqining kuch-qudratiga tayangan mustaqil va yagona davlat barpo etaodtsi;
Amir Temur ham o‘z davriga xos bo‘lgan turli sabablarga binoan boshqa
mamlakatlarga yurishlar qildi va Ovro‘po mamlakatlarining rivojlanishini
tezlashishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Rossiyani Oltin O'rda zulmidan, Ovro‘poni
Turkiya tajavvuzidan saqlab qoldi; Amir Temur o‘z siyosatida madaniyat,
obodonchilik, hunarmandchilik homiysi bo‘lib tanildi. O'z siyosati bilan
madaniy yuksalishga va turkiy tilning rivojiga keng yo‘l ochib, nafaqat
Markaziy Osiyoning madaniy-ma'naviy olamida, balki butun musulmon olami
tarixida o‘chmas iz qoldirdi va so‘nggi rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatdi;
Amir Temur qator Sharq mamlakatlari va ayniqsa, Ovro‘po mamlakatlari bilan
diplomatik aloqalar o‘rnatib, ular bilan turli savdo-sotiq, madaniy aloqalarga
yanada keng yo‘l ochib berdi. Sobiq
sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik qilgan sharoitda Temur
faoliyatiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lindi, o‘sha davr adabiyotlarida har
doim qoralanib kelindi. Lekin mafkuraviy to‘siq, taqiqlashlarga qaramay ayrim
ilmiy asarlarda Temur haqida ba'zi to‘g‘ri fikrlar ham bildiriddi. Bu jihatdan
O'zbekistonda 1968 yili akademik I.M.Mo‘minovning "Amir Temurning O'rta
Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli" risolasining nashr etilishi muhim
voqea bo‘ldi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga qarshi yozilgan
ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Lekin bu qadam Moskvadagi yuqori
idoralar va matbuot organlari tomonidan qoralandi va asar muallifi benihoya
aziyatlar chekdi. O'zbekistonning mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish, tariximizga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish imkonini yaratdi. So‘nggi yillarda Amir Temur va uning davrini o‘rganishga bag‘ishlangan qator manbalar, kitoblar, jumladan, Bo‘riboy Ahmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr etildi. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan 1996 yil - Amir Temur yili deb e'lon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur nomi oqlanib, o‘zbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir. | |
|
Всего комментариев: 0 | |