8:13 PM Sohibqiron bobomiz Amir Temur tavallud topgan kun | |
Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun 09 aprel har yili yurtimizda ulkan shodiyona sifatida nishonlanmoqda. Sohibqironning ruhi shu muborak kunlarda yurtimiz bo‘ylab kezib, o‘z farzandlariga, sizu bizga, kelajak avlodlarga hanuz vasiyat qilayotgandek: «O‘g‘illarim, millatning ulug‘ martabasini, sifatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o‘qing, aslo unutmang va tatbiq eting. Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir». Biz — Sohibqiron vorislari uning vasiyatlariga sodiq qoldik. Biroq, bunga erishish oson kechmadi. Bu haqiqatning qaror topishi uchun 600 yil kerak bo‘ldi. O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov topib aytganidek, «Temurdek zotning obro‘-e’tiborini qaytadan o‘rniga qo‘ya bilish uchun Temurdek shijoatli odam kerak edi».
Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimizning bevosita tashabbusi, matonati, beqiyos shijoati tufayli Amir Temur siymosi qayta tiklandi, Toshkent, Samarqand va Sohibqiron tug‘ilgan yurt — Shahrisabz Muxtasar qilib aytganda, Sohibqiron Amir Temur siymosi, u qoldirgan boy ma’naviy meros millatimiz timsoliga, xalqimizning qalb mulkiga aylanmoqda. Zero, Yurtboshimiz aytganlaridek, «Amir Temurni anglash — o‘zligimizni anglash, demakdir».
| |
|
Всего комментариев: 0 | |