Главная » Доска объявлений » Sport yangiliklari

FIFA: O'zbekiston Osiyoning kuchli beshligidan chiqib ketdi
Информация | 2014-01-02, 4:20 PM

FIFA: O'zbekiston Osiyoning kuchli beshligidan chiqib ketdi

Foto: fifa.com

O‘zbekiston milliy terma jamoasing jahon reytingidagi o'rni o'zgarishsiz qoldi.

Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi — FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasing o'rni jahon reytingida o'zgarishsiz, yani 68-o‘rinda qolgan. Bu haqda O'FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo miqyosida bir o‘rin pastlab, hozirgi vaqtda qit’aning oltinchi jamoasi bo‘lib turibdi. Kuchli beshlikdan Eron (jahon reytingida 33-o‘rinda), Yaponiya (47), Janubiy Koreya (54), Avstraliya (58) va Iordaniya (65) joy olgan. JCh-2014 saralash qit’alararo pley-off bahslarida Janubiy Amerika vakili Urugvayga qarshi to‘p surgan (0:5, 0:0) Iordaniya besh o‘ringa yuqorilab, O‘zbekistonni ortda qoldirdi.

MDH, Gruziya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ukraina (jahonda 18-o‘rinn), Rossiya (22), Armaniston (35)dan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallab turibti.

Milliy terma jamoalar umumiy reytingida amaldagi jahon chempioni — Ispaniya yetakchilik qilishda davom etmoqda. Kuchli uchlikdan Germaniya va Argentina joy olgan. To‘liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

Публикуются только интересные комментарии по теме материала.
Добавил: Freestyle | Контактное лицо: ывфвфы E | Теги: Sport xabarlari
Просмотров: 459 | Размещено до: 2014-02-02 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]