Главная » Доска объявлений (62)

Kamolot yangiliklari [2]Sport yangiliklari [34]
O`zbeksiton yangiliklari [13]
O`zbeksitonda yuz berayogan kundalik yangiliklar haqida
Dunyo xabarlari [6]
Butun dunyoda yuz berayotgan yangiliklar
Turfa-olam yangiliklari [3]
Dunyoda sodir bo`ladigan turfa-olam xabarlari
Tuman yangiliklari [0]
Tumanimizda sodir bo`layotgan yangiliklar
Viloyatimiz yangiliklari [1]
Viloyatimizda sodir bo`layotgan yangiliklar
Fotolenta [1]
Siyosat [1]Saytimiz yangiliklari [1]
Saytimizda yuz berayotgan o`zgarishlar va yangiliklar

Singapur o‘rta maktablari dunyoda eng yaxshisi deb topildi. 

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Singapur maktab tizimi dunyoda eng yaxshisi ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: vestifinance.ru

Foto: vestifinance.ru

O‘tkazilgan testlar bo‘yicha eng yaxshi natijalar osiyolik o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Gonkong ko‘rsatilgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalardan Janubiy Koreya, Yaponiya va Tayvan o‘rin olgan.

Yevropa davlatlaridan eng yaxshi natijani ko‘rsatgan Finlandiya umumiy reytingda 6-o‘rinni egallagan. Shvetsiya ta’lim tizimida esa keskin kamayish kuzatilgan. So‘nggi pog‘onani Gana band etgan. Tadqiqot jami 76 ta mamlakatda o‘tkazilgan.

Dunyo xabarlari | Просмотров: 458 | Дата: 2015-05-13 | Комментарии (0)

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Bolgariyadagi turnirda g‘alaba qozondi. 

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bolgariyaning Varna shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichida g‘olib bo‘ldi, deb xabar qiladi “12news.uz”.

Oksana Chusovitina

Foto: 12news.uz

Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 14,650 ball bilan raqiblari sloveniyalik Teya Belak (14,250) va shveysariyalik Juliya Shtayngruber (14,050)ni ortda qoldirdi.

Bu olti karra yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisining mavsumdagi 3-yutug‘idir. 39 yoshli afsonaviy gimnastikachi mart oyida Kotbus (Germaniya) va aprelda Lyublyana(Sloveniya) shaharlarida bo‘lgan Jahon Kubogi bosqichlarida ham g‘alaba qozongandi.

Sport yangiliklari | Просмотров: 142 | Дата: 2015-05-13 | Комментарии (0)

  • Европа Чемпионлар лигаси. Бугун «Реал» - «Ювентус» ўйин бўлади

  • Манба: www.uff.uz   

    Бугун ҳам Европа Чемпионлар лигаси мусобақасининг ярим финал доирасидаги жавоб учрашувлари давом эттирилади.

    Мадрид шаҳрида маҳаллий "Реал" жамоаси Туриннинг "Ювентус" клубини қабул қилади. 

    Ўйинга бўлган қизиқиш ҳақида ортиқча гапириб ўтиришнинг ҳожати бўлмаса керак. Зеро, бугун иккинчи финалчи жамоанинг номи аниқ бўлади. 

    Биринчи ўйинда "Юве" футболчилари "Қиролик клуб" вакиллараги етарлича қаршилик кўрсатишди. Бу ҳисобда ҳам акс этди. Лекин, жавоб ўйинида ҳаммаси бошқача бўлиши мумкин.

    Карло Анчелотти шогирдлари олдига италияликларни мағлубиятга учратиш вазифасини қўйган. Бу иш қанчалик уддаланади, бунисини кечроқ билилб оламиз.

    Кўпчилик, финалга муносиб жамоа чиқсин, дея таъкидламоқда. Кўрамиз, иккинчи бахтли жамоа ким бўлар экан?!

    Эслатиб ўтамиз, ўйин Тошкент вақти билан соат 23.45да бошланади.

Sport yangiliklari | Просмотров: 198 | Дата: 2015-05-13 | Комментарии (0)

Javohir Sindorov Tailandda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailandning Pattayya shahrida shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Javohir Sindorov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

Nufuzli musobaqaning blits – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘n bir yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Javohir Sindorov yetti partiyada tailandlik Amorn Jiarattanacharoyen, gonkonglik Pang Xo Xuang, filippinlik Jastin Mordido, mo‘g‘ulistonlik Tengis Sog-Ochir, xitoylik Bokay Yang, malayziyalik Xoye Kax Cheaxni mag‘lubiyatga uchratib, ozarbayjonlik Mirmuso Fayziyev bilan durang o‘ynadi va 6,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ushbu yo‘nalishdagi yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida qatnashgan yosh shaxmatchimiz Akobirxon Saydaliyev yetti imkoniyatdan besh ochko jamg‘arib, jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sport yangiliklari | Просмотров: 281 | Дата: 2015-05-13 | Комментарии (0)

  • «Бавария» жавоб учрашувида ғалаба қозонди, лекин финалга «Барселона» йўл олди


  •   

    Европа Чемпионлар лигаси мусобақасининг ярим финал жавоб учрашувларидан ўрин олган "Барселона" ҳамда "Бавария" клублари ўртасидаги учрашув ўз ниҳоясига етди.

    Унда 3:2 ҳисоби қайд этилиб, мюнхенликларнинг ғалабаси билан якунланди.

    Дастлаб, ўйиннинг 7-дақиқасидаёқ Бенатиа мезбонларни ҳисобда олдинга олиб чиқди. “Барселона” эса бунга Неймарнинг иккита голи билан жавоб қайтарди.

    Иккинчи бўлимнинг 59-дақиқасига келиб Левандовски ҳисобни 2:2 кўринишга олиб келган бўлса, 74-дақиқада Томас Мюллер томонидан киритилган гол, якунда Гвардиола шогирдларига ғалабани тақдим этди.

    Шундай бўлсада, иккки ўйин натижасига кўра, “Барселона” ЕЧЛ финалига йўлланмани қўлга киритди

    Европа Чемпионлар лигаси. Ярим финал
    Жавоб учрашуви

    Бавария Германия – Барселона Испания 3:2 (1:2, 2:0)
    Голлар: 1:0 – 7 Бенатия, 1:1 – 15 Неймар, 1:2 – 29 Неймар, 2:2 – 59 Левандовски, 3:2 – 74 Мюллер.
    Бавария – Нойер, Рафинья, Боатенг, Бенатия, Бернат, Лам (Роде, 68), Алькантара, Хаби Алонсо, Швайнштайгер (Мартинес, 87), Мюллер (Гетце, 87), Левандовски.
    Барселона – тер Стеген, Дани Алвес, Пике, Маскерано, Альба, Ракитич (Матье, 72), Бускетс, Иньеста (Хави, 75), Месси, Суарес (Педро, 46), Неймар.
    Огоҳлантиришлар: Рафинья (40), Алькантара (45), Ракитич (64), Левандовски (76), Хаби Алонсо (81), Роде (84), Педро (85).
    Дастлабки учрашув: 0:3

  • Манба: www.uff.uz 

Sport yangiliklari | Просмотров: 157 | Дата: 2015-05-13 | Комментарии (0)

O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida ikkitadan oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritdi. 

Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha 1998−1999-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda sportchilarimiz ikkitadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: uza.uz

Foto: uza.uz

Toshkent xalqaro aeroportida yengil atletikachilarimizni sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar kutib oldi.

Qirqdan ortiq davlatdan uch yuz ellik nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionatda hamyurtimiz Safina Sa’dullayeva balandlikka sakrash bahsida Osiyo chempioni, degan nomga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning nayza uloqtirish musobaqasida Vladislav Polyunin terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Yosh sportchimiz Aleksandra Yurkevskaya yettikurash bahsida, yana bir vakilimiz Viktoriya Dirdina uch hatlab sakrash musobaqalarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 

Sport yangiliklari | Просмотров: 278 | Дата: 2015-05-13 | Комментарии (0)

 

 

 

 

Saytimizda online test tizimi yo`lga qoyildi. Siz bu bolimda hozircha faqat informatika fanidan olgan bilimlaringizni sinashingiz mumkin. Bu hali boshlanishi. Bizdan yangiliklar kutib qoling 

Saytimiz yangiliklari | Просмотров: 285 | Дата: 2015-05-13 | Комментарии (0)

O`zbeksiton yangiliklari | Просмотров: 1049 | Дата: 2014-01-10 | Комментарии (0)

2013-yil yakunlari bo'yicha Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) yilning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatini e’lon qildi.

2013-yil yakunlari bo'yicha Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) yilning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Jahonda eng yaxshi hakamlari o‘ntaligiga hamyurtimiz, FIFA hakami Ravshan Ermatov bu yil ham kirdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati ta’kidlashicha, Ravshan Ertamov jahonning eng kuchli o‘n nafar hakamlari ro‘yxatiga kiritilgan Osiyolik yagona hakam bo‘ldi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan 2013- yilning eng yaxshi hakamlarining birinchi o‘ntaligi ro‘yxati quydagicha:

1. Govard Uebb (Angliya) — 102 ball
2. Nikola Ritssoli (Italiya) — 82 
3. Viktor Kashshai (Vengriya) — 53 
4. Feliks Brix (Germaniya) — 42 
5. Jyuneyt Chaqir (Turkiya) — 40 
6. Born Kuypers (Gollandiya) — 38 
7. Pedru Proensa (Portugaliya) — 35 
8. Ravshan Ermatov (O‘zbekiston) — 29 
9. Karlos Velasko Karbalo (Ispaniya) — 22 
10. Janluka Rokki (Italiya) — 17.



Sport yangiliklari | Просмотров: 387 | Дата: 2014-01-10 | Комментарии (0)


Prezidenti Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari va o'rinbosarini tayinlash to'g'risidagi qarorlarga qo'l qo'ydi.

24-dekabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qarori bilan Raxmat Mamatov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari — Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish Bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Mamatov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda ma'lumot IIV saytida 31-dekabrda paydo bo'ldi.

Davlat rahbarining yana boshqa qarori bilan, Baxodir Kurbanov O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 13-dekabrdagi qarori bilan, Bahodir Matlubov ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etilib, uning o'rniga Adham Ahmedboyev Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan edi.

Vazir lavozimiga tayinlanguniga qadar Adham Ahmedboyev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarma rahbari bo‘lgan.

Siyosat | Просмотров: 527 | Дата: 2014-01-02 | Комментарии (0)