Главная » Доска объявлений » Sport yangiliklari

Javohir Sindorov Tailandda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Информация | 2015-05-13, 6:34 PM

Javohir Sindorov Tailandda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Tailandning Pattayya shahrida shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Javohir Sindorov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

Nufuzli musobaqaning blits – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘n bir yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Javohir Sindorov yetti partiyada tailandlik Amorn Jiarattanacharoyen, gonkonglik Pang Xo Xuang, filippinlik Jastin Mordido, mo‘g‘ulistonlik Tengis Sog-Ochir, xitoylik Bokay Yang, malayziyalik Xoye Kax Cheaxni mag‘lubiyatga uchratib, ozarbayjonlik Mirmuso Fayziyev bilan durang o‘ynadi va 6,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ushbu yo‘nalishdagi yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida qatnashgan yosh shaxmatchimiz Akobirxon Saydaliyev yetti imkoniyatdan besh ochko jamg‘arib, jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Добавил: Freestyle | Контактное лицо: abc E
Просмотров: 396 | Размещено до: 2015-06-13 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]