Главная » Доска объявлений » Sport yangiliklari

O'zbekistonlik karatistlar Osiyo chempionatining sovrindorlaridan bo'ldi
Информация | 2014-01-02, 4:18 PM

Sadriddin Saytmatov

Foto: Sharq yakkakurashlari va jang san'ati markazi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkitadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O'zbekistonlik karatistlar to'rtta medalni qo'lga kiritishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo'mitasining axborot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni 2010 yil Guanchjou (Xitoy)da o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari sovrindori Barno Mirzayeva va umidli karatist Sadriddin Saytmatov keltirishdi. Saytmatov Sadriddin finalga qadar kechgan bahslarda Shri-Lanka, Hindiston, Quvayt va Eron terma jamoalari a’zolarini mag‘lub etgan bo‘lsa, Barno Mirzayeva Hindiston, Iordaniya, Xitoy Taypeyi va Qozog‘iston vakillarini yengib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Yana ikki terma jamoa a'zosi Begzod Tuyg‘unov hamda Abdulaziz Otaboyev finalga qadar kechgan bahslarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, kumush medal sovrindori bo‘lishdi.

Osiyo qit’asining 32 davlati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkitadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.

Shingdek, qit’a chempionati bilan birgalikda o‘tkazilgan Osiyo karate federatsiyasi kongressida 2015-yil klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati Toshkent shahrida o‘tishi e’lon qilindi.

Добавил: Freestyle | Контактное лицо: ывфвфы E | Теги: Sport xabarlari
Просмотров: 470 | Размещено до: 2014-02-02 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]