Информация | | 2015-05-13, 6:31 PM |
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida ikkitadan oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha 1998−1999-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda sportchilarimiz ikkitadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA. Toshkent xalqaro aeroportida yengil atletikachilarimizni sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar kutib oldi. Qirqdan ortiq davlatdan uch yuz ellik nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionatda hamyurtimiz Safina Sa’dullayeva balandlikka sakrash bahsida Osiyo chempioni, degan nomga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning nayza uloqtirish musobaqasida Vladislav Polyunin terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni keltirdi. Yosh sportchimiz Aleksandra Yurkevskaya yettikurash bahsida, yana bir vakilimiz Viktoriya Dirdina uch hatlab sakrash musobaqalarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
| |
Просмотров: 2129 | Размещено до: 2015-06-13 | |
Всего комментариев: 0 | |