O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Bolgariyadagi turnirda g‘alaba qozondi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina Bolgariyaning Varna shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chaqiruv kubogining navbatdagi bosqichida g‘olib bo‘ldi, deb xabar qiladi “12news.uz”. Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 14,650 ball bilan raqiblari sloveniyalik Teya Belak (14,250) va shveysariyalik Juliya Shtayngruber (14,050)ni ortda qoldirdi. Bu olti karra yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisining mavsumdagi 3-yutug‘idir. 39 yoshli afsonaviy gimnastikachi mart oyida Kotbus (Germaniya) va aprelda Lyublyana(Sloveniya) shaharlarida bo‘lgan Jahon Kubogi bosqichlarida ham g‘alaba qozongandi. |
|
Javohir Sindorov Tailandda shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdiTailandning Pattayya shahrida shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Javohir Sindorov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Nufuzli musobaqaning blits – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘n bir yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Javohir Sindorov yetti partiyada tailandlik Amorn Jiarattanacharoyen, gonkonglik Pang Xo Xuang, filippinlik Jastin Mordido, mo‘g‘ulistonlik Tengis Sog-Ochir, xitoylik Bokay Yang, malayziyalik Xoye Kax Cheaxni mag‘lubiyatga uchratib, ozarbayjonlik Mirmuso Fayziyev bilan durang o‘ynadi va 6,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Ushbu yo‘nalishdagi yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida qatnashgan yosh shaxmatchimiz Akobirxon Saydaliyev yetti imkoniyatdan besh ochko jamg‘arib, jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.
|
|
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar Osiyo chempionatida ikkitadan oltin va bronza medallarni qo‘lga kiritdi.Qatar poytaxti Doha shahrida yengil atletika bo‘yicha 1998−1999-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda sportchilarimiz ikkitadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA. Toshkent xalqaro aeroportida yengil atletikachilarimizni sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ota-onalar kutib oldi. Qirqdan ortiq davlatdan uch yuz ellik nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan chempionatda hamyurtimiz Safina Sa’dullayeva balandlikka sakrash bahsida Osiyo chempioni, degan nomga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning nayza uloqtirish musobaqasida Vladislav Polyunin terma jamoamizga ikkinchi oltin medalni keltirdi. Yosh sportchimiz Aleksandra Yurkevskaya yettikurash bahsida, yana bir vakilimiz Viktoriya Dirdina uch hatlab sakrash musobaqalarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
|
2013-yil yakunlari bo'yicha Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) yilning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatini e’lon qildi.2013-yil yakunlari bo'yicha Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) yilning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Jahonda eng yaxshi hakamlari o‘ntaligiga hamyurtimiz, FIFA hakami Ravshan Ermatov bu yil ham kirdi. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati ta’kidlashicha, Ravshan Ertamov jahonning eng kuchli o‘n nafar hakamlari ro‘yxatiga kiritilgan Osiyolik yagona hakam bo‘ldi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan 2013- yilning eng yaxshi hakamlarining birinchi o‘ntaligi ro‘yxati quydagicha: 1. Govard Uebb (Angliya) — 102 ball |
FIFA: O'zbekiston Osiyoning kuchli beshligidan chiqib ketdiFoto: fifa.com O‘zbekiston milliy terma jamoasing jahon reytingidagi o'rni o'zgarishsiz qoldi.Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi — FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasing o'rni jahon reytingida o'zgarishsiz, yani 68-o‘rinda qolgan. Bu haqda O'FF matbuot xizmati xabar bermoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo miqyosida bir o‘rin pastlab, hozirgi vaqtda qit’aning oltinchi jamoasi bo‘lib turibdi. Kuchli beshlikdan Eron (jahon reytingida 33-o‘rinda), Yaponiya (47), Janubiy Koreya (54), Avstraliya (58) va Iordaniya (65) joy olgan. JCh-2014 saralash qit’alararo pley-off bahslarida Janubiy Amerika vakili Urugvayga qarshi to‘p surgan (0:5, 0:0) Iordaniya besh o‘ringa yuqorilab, O‘zbekistonni ortda qoldirdi. MDH, Gruziya va Boltiqbo‘yi mamlakatlari orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ukraina (jahonda 18-o‘rinn), Rossiya (22), Armaniston (35)dan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egallab turibti. Milliy terma jamoalar umumiy reytingida amaldagi jahon chempioni — Ispaniya yetakchilik qilishda davom etmoqda. Kuchli uchlikdan Germaniya va Argentina joy olgan. To‘liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin. |
Sadriddin Saytmatov Foto: Sharq yakkakurashlari va jang san'ati markazi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkitadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O'zbekistonlik karatistlar to'rtta medalni qo'lga kiritishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo'mitasining axborot xizmati xabar berdi. O'zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni 2010 yil Guanchjou (Xitoy)da o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari sovrindori Barno Mirzayeva va umidli karatist Sadriddin Saytmatov keltirishdi. Saytmatov Sadriddin finalga qadar kechgan bahslarda Shri-Lanka, Hindiston, Quvayt va Eron terma jamoalari a’zolarini mag‘lub etgan bo‘lsa, Barno Mirzayeva Hindiston, Iordaniya, Xitoy Taypeyi va Qozog‘iston vakillarini yengib, shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Yana ikki terma jamoa a'zosi Begzod Tuyg‘unov hamda Abdulaziz Otaboyev finalga qadar kechgan bahslarni mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, kumush medal sovrindori bo‘lishdi. Osiyo qit’asining 32 davlati vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkitadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Shingdek, qit’a chempionati bilan birgalikda o‘tkazilgan Osiyo karate federatsiyasi kongressida 2015-yil klublar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati Toshkent shahrida o‘tishi e’lon qilindi. Matn: Gazeta.uz |
Futbol federatsiyasi to‘qqiz nominatsiya bo‘yicha joriy yilning eng yaxshilariga sovrinlar topshirdi.23-dekabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining yil yakunlariga va 2013 yil laureatlarini taqdirlashiga bag‘ishlangan tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Federatsya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, marosimda to‘qqiz nominatsiya bo‘yicha eng yaxshilar aniqlanib, sovrinlar topshirildi. O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasining bir yo‘la uch nafar futbolchisi — Akobir To‘rayev, Jamshid Boltaboyev va Izzatilla Abdullayevlar «Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi» yo‘nalishida g‘olib deb topildi. O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev «Yilning futbol bo‘yicha eng yaxshi bolalar murabbiyi» nominatsiyasida g‘olib deb topildi. «Fair Play — Halol o‘yin» nominatsiyasida Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi g‘olib chiqdi. Jamoa futbolchilari mavsum davomida hakamlar tomonidan 45 marta ogohlantirilgan bo‘lsa-da, biroq hakamlar ushbu jamoa futbolchilariga biror marta qizil kartochka ko‘rsatishmadi. Futbolchilarni ogohlantirish va maydondan chetlatish huquqiga ega bo‘lgan vakolatli shaxslar — futbol hakamlari orasida esa ketma-ket sakkizinchi marta Ravshan Ermatov «Yilning eng yaxshi hakami»deb topildi. «Eng yaxshi matbuot xizmati» nominatsiyasi bo‘yicha «Nasaf» futbol klubi matbuot xizmatiga teng keladigani topilmadi. Toshkentning «Bunyodkor» klubi ukrainalik hujumchisi Aleksandr Pishur 19ta gol bilan mavsum to‘purariga aylandi va o‘z-o‘zidan, O‘zbekiston Chempionati-2013ning «eng yaxshi to‘purari» sovrinini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Moskvaning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Vitaliy Denisov OAV hodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning 2013 yildagi «eng yaxshi futbolchisi» deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Milliy Chempionati bronza medali sohibi va O‘zbekiston Kubogi finalchisi Qarshining «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev yilning«eng yaxshi murabbiyi» deb topildi. Tantanali tadbir davomida 2013 yili o‘z yosh toifasida Tukriya va BAA davlatlarida tashkil etilgan jahon chempionati bahslarida chiroyli va muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan O‘zbekiston U-20 yoshlar va O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasi a’zolarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan, har ikkala terma jamoa murabbiylari, mos ravishda, Ahmadjon Musayev va Dilshod Nuraliyev «Chevrolet Malibu» rusumidagi avtomobillar bilan taqdirlanishdi. |
Гарчи, ушбу шеърни ўқиган бўлсангиз ҳам, долзарблигини унутмаган деб ҳисоблаймиз. BISKAT Ўзингизни оилангиз учун асранг! Манба: www.uff.uz |
Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси 2014 йили Бразилияда бўлиб ўтадиган Жаҳон чемпионатига чиқа олмади. Футболчиларимиз Осиё қитъаси плей-офф босқичида Иордания терма жамоасига икки ўйин натижасига кўра, мағлубиятга учраб, мундиал учун курашни тўхтатишди. Бироқ, ҳозир ушбу ўйин ҳақида эмас, балки терма жамоамизнинг тўғри-тўғри йўлланмани қўлга кирита олмаганидан кейин юз берган ғалати ёки бизга шундай туюлган баъзи ҳолатларни ёдга олиб ўтамиз. Бахтиёр Иноғомов Манба: www.darakchi.uz |
|
|
|
Қозоғистоннинг Vesti.kz сайти сўнгги 10 йилликдаги энг кучли 10та легионерни аниқлади. • • • Улар орасида икки нафар ҳамюртимиз ҳам ўрин олгани қувонарли ҳолат. Нилтон МЕНДЕС (7 январь 1976-2006, ҳужумчи) Юрий ШУКАНОВ (10 март 1971, ярим ҳимоячи) Евгений ЛОВЧЕВ (6 август 1975, ярим ҳимоячи) Горан ДРАГИЧЕВИЧ (6 декабрь 1974, ҳимоячи) Ражапмурад АГАБАЕВ (1 август 1973, ҳужумчи) Арсен ТЛЕХУГОВ (3 ноябрь 1976, ҳужумчи) Андрей ТИХОНОВ (16 октябрь 1970, ярим ҳимоячи) Павел ЛЕУС (15 сентябрь 1978, дарвозабон) Виктор КАРПЕНКО (7 сентябрь 1977, ярим ҳимоячи) Ўзбекистонлик ярим ҳимоячи Ярославлнинг «Шинник», Читанинг «Локомотив», Саратовнинг «Сокол» клубларида ўйнаган, у ердан 2005 йил «Қайрат»га кўчиб ўтганди. Дастлабки ўйинлардаёқ ўзининг етакчилик ҳусусиятларини намойиш эта олган. Ўша вақтларда узоқ масофалардан аниқ зарба бера оладиган кам сонли футболчилардан бири бўлган. «Қайрат»да 39 та ўйин ўтказиб 11 та гол урган. 2007 йилги мавсумда эса «Бунёдкор»да ўйнай бошлаган. Бу клубда 2012 йилга қадар 202 та ўйин ўтказди ва 38 та гол урди. Ўзбекистон терма жамоаси сафида 60 та ўйинда қатнашиб 4та гол урди. 2013 йил бошида эса Тошкентнинг «Локомотив» клубидан ўрин олди. Жафар ИРИСМЕТОВ (23 август 1976, ҳужумчи) Ўзбек ҳужумчиси учун Қозоғистондаги фаолияти ажойиб ўтганди. «Спартак», «Славия», «Анжи», «Пахтакор» ва «Кривбасс»да ўйнаб кета олмаганидан сўнг 2004 йил «Қайрат»га кўчиб ўтганди. Бу клуб сафида 49 та ўйинда ҳаракат қилиб 22 та гол урди. 2006 йил «Олма-Ота»га ўтди, бу клуб либосини 52 бор кийиб 34 та гол урган. Сўнгра «Актобе» асосий таркибига кира олмайди ва яна «Олма-Ота»га қайтади. Кейин фақат Ўзбекистон клубларида ўйнади: «Динамо», «Шўртан», «Қизилқум», «Навбаҳор». Ўтган йил ҳужумчи фаолиятини якунлади. Манба: vesti.kz |
ЖЧ-2014 саралаши плей-офф жавоб учрашуви доирасидаги Ўзбекистон – Иордания ўйини бўлиб ўтди. • • • Мана шу саҳифада ўйиннинг матнли трансляциясини кузатиш мумкин бўлди. ЖЧ-2014 саралаши. Плей-офф жавоб учрашуви. Тошкент. Ўзбекистон. 10 сентябрь, 2013 йил. ЎЗБЕКИСТОН - ИОРДАНИЯ 1:1 (1:1) (пенальтилар серияси 8:9) Ҳакамлар: Бенжамин Уильямс, Метью Жэймс Крим , Хакан Аназ , Штребе Деловски (барчаси Австралия) Голлар: Анзур Исмоилов 6, - 1:0.Саид Муржан 41, - 1:1. Ўзбекистон: 1.Муроджон Зуҳуров, 20.Ислом Тўхтахўжаев, 5.Анзур Исмоилов, 19.Виталий Денисов, 9.Одил Аҳмедов, 18.Темур Кападзе, 6.Жасур Ҳасанов (каттаси) (15.Игорь Сергеев, 60), 8.Сервер Жепаров (с), 11.Баҳодир Насимов (2.Иван Нагаев, 82), 13.Олег Зотеев, 23.Акмал Шораҳмедов. Захира: 3.Шавкат Муллажонов, 4.Владимир Козак, 5.Дилшод Жабборов, 12.Элдор Суюнов, 14.Жамшид Искандеров, 16.Жасур Ҳасанов, 19.Улуғбек Бақоев, 21.Александр Лобанов, 22.Ислом Иномов. Иордания: 1.Амир Шафи, 5.Муҳаммад Мустафо, 6.Саид Муржан, 7.Амир Диб, 10.Аҳмад Ҳаёл, 11.Одай Заҳран, 13.Ҳалил Зайд (14.Абдуллоҳ Диб, 57), 19.Анас Бани Ёсин, 20.Мусаб Аллаҳам (8.Одай Ал Саифи, 90), 21.Муҳаммад Ал Думейри, 23.Аҳмад Солиҳ (9.Аднан Сулаймон, 83). Назоратчи: Тору Камикава (Япония) Комиссар: Сунил Синавира (Шри Ланка) |
10 сентябрь куни ФИФА вице-президенти ҳамда Иордания Футбол Уюшмаси президенти Шахзода Али бин Ҳусайн Тошкентга ташриф буюрди. • • • ФИФА вице-президети ташриф чоғида ЎФФ Президенти Мираброр Усмонов ҳамроҳлигида Тошкентдаги «Бунёдкор» спорт мажмуасига ташриф буюрди ва янги стадионни кўздан кечирди. «Биринчи навбатда Юртбошингиз ҳамда ЎФФ Президентини мана шундай ажойиб спорт мажмуаси қад ростлагани билан чин қалбимдан табриклайман», - дейди Шахзода Али бин Ҳусайн. Бу - мамлакатингизда спортга ва футболга жуда жиддий эътибор қаратилаётанинидан далолат», - дея қўшимча қилди ФИФА вице-президенти. «Футбол - дунёдаги энг оммавий спорт тури. Ўзбекистонда ажойиб авлод шаклланаётганига ва мамлакат футболи ривожланиш йўлида эканлигига гувоҳ бўлдим», - дейди Шахзода Али. ФИФА вице президенти, шунингдек, «Бунёдкор» стадионига ташрифи чоғида «Бунёдкор» футбол клуби академияси фаолияти билан танишди ва болалар футболига берилаётган катта эътибор ҳақида илиқ фикрларни билдирди. «Болалар футболига бўлган эътибор ва уларга яратилган шароитлар аъло даражада. Яна бир маротаба Мамлакат рахбари ҳамда ЎФФ Президентини бундай бунёдкорлик ишлари ва мамлакат футболида олиб борилаётган ажойиб ислоҳотлар учун чин қалбимдан табриклайман», дейди Шахзода Али бин Ҳусайн. Шахзода Али бин Ҳусайн шунингдек, Ўзбекистон Футбол Федерацияси биносига ҳамда Ўзбекистон ҳамда Иордания миллий терма жамоалари ўртасидаги ЖЧ-2014 саралаш плей-офф жавоб учрашувини кузатиш учун «Пахтакор» стадионига ташриф буюрди. Манба: the-uff.com |
Халқаро футбол уюшмалари федерацияси – ФИФА терма жамоаларнинг янги рейтингини эълон қилди. • • • Унга кўра, Ўзбекистон миллий терма жамоаси аввалги ойда эгаллаган ўрнидан икки поғона юқорилади ва рейтингнинг 57-поғонасидан жой олди. ФИФА рейтингида Ўзбекистон ўтган ой рейтингидаги натижасидан икки ўрин юқорилаган ҳолда, 57-ўринда қайд этилди. Бу натижа яна Ўзбекистоннинг Осиё қитъаси терма жамоалари орасида 4-ўринга кўтарилишига замин яратди. 4-саралаш босқичида Ўзбекистон билан бир гуруҳда тўп сурган Жанубий Корея терма жамоаси ўтган ойдаги рейтингидан 2 ўрин пастлаган ҳолда рейтингнинг 58-поғонасидан жой олди.Осиё терма жамоалари рейтингини ҳамон Япония бошқариб турибди – 42-ўрин. Эрон эса рейтингда яна 4 ўрин кўтарилди ва Осиё қитъаси терма жамоалари орасида Япониядан кейинги ўринга кўтарилиб олди. Осиё қитъаси рейтингида Япония ва Эрондан кейин Австралия (53), Ўзбекистон (57) ҳамда Жанубий Корея терма жамоалари бормоқда. Ўзбекистон терма жамоасининг ЖЧ-2014 саралаши, плей-офф босқичидаги рақиби - Иордания терма жамоаси эса, Осиёнинг 6-жамоаси сифатида рейтингнинг 73-ўрнидан жой эгаллаган. МДҲ мамлакатлари орасида эса Ўзбекистон ҳамон Россия (15) ҳамда Украина (26) терма жамоаларидан кейинги ўринда турибди. Ўзбекистон терма жамоасининг ОК-2015 саралашидаги рақибларидан - БАА терма жамоаси 82-поғонасидан жой олган бўлса, Гонгконг 148, Вьетнам эса, 153 ўринда бормоқда Терма жамоаларнинг умумий рейтингини доимгидек Испания терма жамоаси бошқариб турибди. Ундан кейинги ўринда Аргентина терма жамоаси бораётган бўлса, кучли учликни Германия терма жамоаси тўлдирган. Терма жамоаларнинг тўлиқ рейтинги билан ФИФА расмий сайтида тўлиқ танишиш мумкин. Манба: the-uff.com Унга кўра, Ўзбекистон миллий терма жамоаси аввалги ойда эгаллаган ўрнидан икки поғона юқорилади ва рейтингнинг 57-поғонасидан жой олди. ФИФА рейтингида Ўзбекистон ўтган ой рейтингидаги натижасидан икки ўрин юқорилаган ҳолда, 57-ўринда қайд этилди. Бу натижа яна Ўзбекистоннинг Осиё қитъаси терма жамоалари орасида 4-ўринга кўтарилишига замин яратди. 4-саралаш босқичида Ўзбекистон билан бир гуруҳда тўп сурган Жанубий Корея терма жамоаси ўтган ойдаги рейтингидан 2 ўрин пастлаган ҳолда рейтингнинг 58-поғонасидан жой олди.Осиё терма жамоалари рейтингини ҳамон Япония бошқариб турибди – 42-ўрин. Эрон эса рейтингда яна 4 ўрин кўтарилди ва Осиё қитъаси терма жамоалари орасида Япониядан кейинги ўринга кўтарилиб олди. Осиё қитъаси рейтингида Япония ва Эрондан кейин Австралия (53), Ўзбекистон (57) ҳамда Жанубий Корея терма жамоалари бормоқда. Ўзбекистон терма жамоасининг ЖЧ-2014 саралаши, плей-офф босқичидаги рақиби - Иордания терма жамоаси эса, Осиёнинг 6-жамоаси сифатида рейтингнинг 73-ўрнидан жой эгаллаган. МДҲ мамлакатлари орасида эса Ўзбекистон ҳамон Россия (15) ҳамда Украина (26) терма жамоаларидан кейинги ўринда турибди. Ўзбекистон терма жамоасининг ОК-2015 саралашидаги рақибларидан - БАА терма жамоаси 82-поғонасидан жой олган бўлса, Гонгконг 148, Вьетнам эса, 153 ўринда бормоқда Терма жамоаларнинг умумий рейтингини доимгидек Испания терма жамоаси бошқариб турибди. Ундан кейинги ўринда Аргентина терма жамоаси бораётган бўлса, кучли учликни Германия терма жамоаси тўлдирган. Терма жамоаларнинг тўлиқ рейтинги билан ФИФА расмий сайтида тўлиқ танишиш мумкин. Манба: the-uff.com |
Ўзбекистон ҳамда Туркия миллий терма жамоалари ўртасидаги халқаро ўртоқлик учрашуви 14 август куни Тошкентдаги «Пахтакор» стадионида бўлиб ўтади. Учрашувнинг бошланиш вақти 19:00га белгиланган.ЎФФ терма жамоалар маркази директори Асқар Толибжоновнинг сўзларига кўра, мазкур ўртоқлик ўйини борасида Туркия Футбол Федерацияси билан якуний келишув тасдиқланган. 8 июль куни Туркия Футбол Федерацияси вакиллари Тошкентга келиб, ўйин ва машғулотлар бўлиб ўтадиган стадионларни кўздан кечиришди. Ҳар иккала терма жамоанинг ўйинолди машғулотлари Тошкентдаги «ЖАР» ҳамда ўйин бўлиб ўтадиган «Пахтакор» стадионида ўтказилиши режалаштирилган.Таъкидлаш лозим, Туркияга қарши ўртоқлик учрашуви Ўзбекистон миллий терма жамоаси учун ЖЧ-2014 саралаши плей-офф учрашувларидан олдинги тайёргарлик вазифасини ўтаб беради. Эслатиб ўтамиз, Миржалол Қосимов бошчилигидаги Ўзбекистон миллий терма жамоаси 6-10 сентябрь кунлари Иордания терма жамоасига қарши ЖЧ-2014 саралаши плей-офф учрашувларида майдонга тушади. Дастлабки учрашув 6 сентябрь куни Иордания пойтахти Амман шаҳрида ўтказилса, жавоб ўйинига 10 сентябрь куни Тошкент шаҳри мезбонлик қилади. |
Жорий йилнинг 1-8 июль кунлари Иорданиянинг Амман шаҳрида бокс бўйича ўтказилган Осиё чемпионатида мамлакатимиз чарм қўлқоп усталари 1 та олтин, 2 та кумуш ва 1 та бронза медалини қўлга киритдилар.Терма жамоамиз ҳисобига олтин медални Ойбек Мамазулунов (- 81 кг) келтирди. Ойбек дастлаб нимчорак финалда ҳиндистонлик Жагрип Синхни, чорак финалда мўғилистонлик Сандагсурен Эрденебаярни, ярим финалда таиландлик Анават Тсонгкратокни мағлуб этиб, ҳал қилувчи финал баҳсида қозоғистонлик Адилет Ниязимбетовни енгди.Шу тариқа 1995 – 2013 йиллар давомида бокс бўйича бўлиб ўтган Осиё чемпионатларида ўзбекистонлик чарм қўлқоп усталари томонидан қўлга киритилган олтин медаллар сони 27 тага етди.Финалгача бўлган жангларни мағлубиятсиз якунлаган Шаҳобиддин Зоиров (-52 кг) ҳамда Иззатилла Эргашев (+91 кг) Осиё чемпионатининг кумуш медали билан тақдирланишди. Терма жамоамиз ҳисобига ягона бронза медалини Мирзабек Ҳасанов (-91 кг) келтирди. |