Matematikadan masalalar to’plami (Skanavi)
2015-05-13, 5:26 PM

Matematikadan masalalar to’plami (Skanavi)

Mazkur kitob o’tgan asrning 70-90 yillarida oily o’quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun matematikadan yozma va og’zaki misol va masalalar to’plamidan iborat qo’llanma sifatida chop etilgan. Katta avlod vakillari bu kitobning ahamiyati va qadrini juda yaxshi bilishadi. Nisbatan nashr eskirgan bo’lsa-da, ammo uning ahamiyati va dolzarbligi hech qachon yo’qolmagan. Aksincha fanda o’ziga xos mavqe’ga ega bo’lgan mumtoz qo’llanma darajasida bugungi kunda ham o’z qadriga ega hisoblanadi. Kitobda Matematikaning barcha yo’nalishlari – arifmetika, algebra, trigonometriya, progressiyalar, birlashmalar nazariyasi, Nyuton binomi, algebraik tenglama va tengsizliklar, logarifmlar, matematik analiz, planimetriya, streometriya  bo’limlari bo’yicha, har bir bo’lim uchun A va B guruhlarga bo’lingan holda 100-150 dan misol yoki masalalar keltirilgan. Kitobda jami bo’lib matematikaning turli yo’nalishlari bo’yicha  3000 ga yaqin turli qiyinlik darajasiga ega misol va masalalr mavjud. Mazkur kitob matematika yo’nalishida imtihonlar topshiruvchi abiturientlarga uzoq yillar benazir va beqiyos manba bo’lib ximat qilgan, hozirgi kunda ham kollej va maktab o’quvchilariga mazkur kitobdagi masala va misollarni yechish orqali o’z bilimlarini mustaxkamlash, zehnlarini sayqallashlarini tavsiya etamiz.

 

Mualliflar: Skanavi M.I. boshchiligidagi mualliflar guruhi.

O’zbek tiliga Sh.Tojiyev, A.Alimov va O’. Husanovlar o’girishgan.

Tematik yo’nalishi: Matematika, masalalar to’plami

Tarixi: Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1975 yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .Djvu va .pdf formatlaridagi variantlarda, sifatli skanerlangan.

Grafikasi: O’zbek tili kirill alifbosida.

 

Yuklab olish (15 Mb)

Категория: Matematika | Добавил: Freestyle | Теги: matematika
Просмотров: 10934 | Загрузок: 0 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]