Xalqaro bolalarni himoya qilishi kuni bolalarni parvarishlash va ularning huquqlarini
himoyalashga bagʻishlangan bayramdir. MDH va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda
1-iyun, BMT tavsiyasi bilan esa 20-noyabrda[1] nishonlanadi.
Bayram kuni bolalarga bagʻishlab konsertlar, oqshomlar oʻtkaziladi. Baʼzi istirohat bogʻlari
(masalan, Toshkentlend) bolalar uchun bepul attraksionlar ochadi. TVda bolalar uchun film, tomoshalar namoyish etiladi..
1-iyunda Bolalar kunini nishonlash taklifi 1925-yili Jeneva, Shveysariyadagi konferensiyada oʻrtaga tashlangandi.
Nega aynan shu sana tanlangani haqida ikki faraz bor: birinchisiga koʻra, oʻsha yilgi xitoylik yetim bolalar uchun
uyushtirilgan Duanvu festivali 1-iyunga toʻgʻri kelib qolgan; boshqa faraz esa soddaroq — konferensiya shu kuni
oʻtayotgan edi.
20-noyabrdagi Bolalar kuni esa BMT tomonidan 1954-yili chiqarilgan qaror bilan mustahkamlangan.
